Rossiya Ukrainaga “Oreşnik” bilan zarba berdi
25-05-2026, 09:21
311 марта

Rossiya Ukrainaga “Oreşnik” bilan zarba berdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy boşqaruv obektlari, aviabazalar va mudofaa-sanoat korxonalariga javob zarbasi berilganini malum qildi.Bayonotga köra, hujumda “Oreşnik”, “Iskander”, “Kinjal” va “ Tsirko” raketalaridan foydalanilgan.
Vazirlik malumotiga köra, 24 mayga ötar keçasi Rossiya armiyasi Ukraina tomonidan Rossiya hududidagi fuqarolik obektlariga uyuştirilgan hujumlarga javoban keng kölamli zarba bergan.
Hujumlarda “Oreşnik” ballistik raketalari, “Iskander” aerobalistik raketalari, “Kinjal” gipertovuşli raketalari, “Tsirkon” qanotli raketalari, şuningdek havo, dengiz va quruqlikdan uçiriladigan qanotli raketalar hamda zarbdor dronlardan foydalanilgani aytilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida “zarba maqsadlariga erişildi, belgilangan barça obektlar yöq qilindi”, deyiladi.
24 mayga ötar keçasi Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlarida portlaşlar yuz bergan. Mamlakat böylab raketa xavfi elon qilingan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko Ukraina poytaxtining deyarli barça tumanlarida vayronagarçilik qayd etilganini bildirgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati esa Kiyev viloyatining bir qator hududlarida ham portlaşlar sodir bölganini malum qilgan.
Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev öz bayonotida Ukraina tomonidan LXRdagi Starobelsk kollejining yotoqxonasiga berilgan zarba “Rossiyaning keskin javobiga” sabab bölganini yozgan.
Rossiya tomonining iddao qilişiça, 22 mayga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari Lugansk xalq respublikasidagi Starobelsk professional kollejiga hujum uyuştirgan. Oqibatda 21 kişi halok bölgan, 40 dan ortiq odam jarohatlangan.