Putin Qozoğistonga boradi
25-05-2026, 13:04
129 марта

Putin Qozoğistonga boradi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 27-29 may kunlari Qozoğistonga rasmiy davlat taşrifi bilan boradi. Bu haqda bugun Qozoğiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, taşrif Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev taklifiga binoan amalga oşiriladi. Taşrif doirasida Putin va Töqayev ikki davlat örtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, 28 may kuni ikki davlat rahbari Yevroosiyo iqtisodiy forumida iştirok etadi. Forumga uşbu ittifoqqa azo mamlakatlar rahbarlari ham kelişi rejalaştirilgan. 29 may kuni esa delegatsiyalar Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişida qatnaşadi.