Mujtabo Xomanaiy yaşiringan va taşqi dunyo bilan aloqa qilmayapti – OAV
25-05-2026, 15:53
44 марта
Mujtabo Xomanaiy yaşiringan va taşqi dunyo bilan aloqa qilmayapti – OAV
AQŞ razvedkasi malumotlariga köra, Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy nomalum joyda yaşirinib yuribdi va juda kamdan-kam hollarda aloqaga çiqmoqda. Bu haqda CBS xabar berdi.CBS telekanalining AQŞ razvedka xizmatidagi malumotlarga tayanib xabar berişiça, Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy taşqi dunyo bilan deyarli heç qanday aloqaga ega bölmagan holda nomalum makonda yaşirinmoqda va u bilan faqatgina çoparlar (kurerlar)dan iborat murakkab labirint orqali boğlaniş mumkin.
“Tramp mamuriyati bilan hamkorlik qiliş vakolatiga ega bölgan Eron mulozimlari özlarining davlat boşqaruvi tizimi içida kommunikatsiya örnatişga qiynalişmoqda. Bu – Eron bilan tuzilişi mumkin bölgan bitim tafsilotlari va avval erişilgan kelişuvlarning juda sekinlik bilan oşkor bölayotganining boş sabablaridan biridir”, deyiladi xabarda.Jurnalistlarga malumot yetkazgan AQŞning ikki nafar mulozimiga köra, Qöşma Ştatlar taklif qilinayotgan kelişuv tafsilotlarini yuborganida, bu malumotlarni Oliy rahbarga yetkaziş bilan boğliq qiyinçiliklar javob oliş jarayonining uzoq vaqtga çözilib ketişiga sabab bölmoqda. Oq uy rasmiy vakili mazkur taxminiy razvedka malumotlariga izoh berişdan boş tortgan.