Eronga rasman yangi oliy rahbar tayinlandi
9-03-2026, 12:00
506 марта

Eronga rasman yangi oliy rahbar tayinlandi
Eronning yangi oliy rahbari etib 56 yoşli Sayyid Mujtabo Xomanaiy tayinlandi. Bu haqda mamlakatning Ekspertlar kengaşiga tayanib, “Fars” xabar berdi.
Sayyid Mujtabo Xomanaiy – halok bölgan Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning ikkinçi öğli hisoblanadi. Oyatulloh Ali Xomanaiy AQŞ va Isroil tomonidan Eronga qarşi ötkazilgan harbiy operatsiya vaqtida berilgan zarbalarda halok bölgan.
Mujtabo Xomanaiy şialik ruhoniy bölib, Eronning siyosiy va diniy doiralarida katta tasirga ega şaxs sifatida tanilgan. U uzoq yillar davomida oliy rahbar mamuriyatida muhim vazifalarda işlagan va Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bilan yaqin hamkorlik qilgan.
Ekspertlar kengaşi yangi oliy rahbarni 8 mart kuni ertalab saylagan. Kengaş azosi Muhammad Mehdiy Mirboğeriy ekspertlar bu masalada kelişuvga erişganini malum qilgan. Biroq kengaş kotibiyati avval bu qarorni darhol elon qilmagan.
Eron konstitutsiyasiga köra, oliy rahbar lavozimiga siyosiy yoki diniy arbob saylanişi mumkin. Nomzod halol va taqvodor bölişi, boşqaruv qobiliyatiga ega bölişi, yaxşi obröga ega bölişi, mamlakatning rasmiy diniga etiqod qilişi va Islom Respublikasi tamoyillarini qöllab-quvvatlaşi şart. Oliy rahbar lavozimi umrbod beriladi.
Sayyid Mujtabo Xomanaiy Eron tarixidagi uçinçi oliy rahbar böldi. Undan avval bu lavozimni Ruhulloh Xumayniy va Oyatulloh Ali Xomanaiy egallagan. Ruhulloh Xumayniy 1979 yilgi Islom inqilobi orqali mamlakatdagi şoh hokimiyati ağdarilganidan keyin hokimiyatga kelgan. U 1989 yilda vafot etgan.
Ruhulloh Xumayniy rahbarligi davrida Ali Xomanaiy Eron prezidenti bölib işlagan. Öşa vaqtda prezident lavozimi köproq ramziy ahamiyatga ega bölib, ijroiya hokimiyatning asosiy vakolatlari boş vazir qölida bölgan.
Ali Xomanaiy 1989 yil iyun oyida Eron oliy rahbari lavozimini egallagan va qariyb 37 yil davomida bu lavozimda qolgan.
Eronning yangi oliy rahbari lavozimi uçun bir neçta nomzod körib çiqilgan. Ular orasida Alirizo Arofiy – Ekspertlar kengaşi raisi örinbosari, şuningdek mamlakatdagi diniy talim muassasalari tizimi rahbari bölgan. U avval konstitutsiyani muhofaza qiliş kengaşi azosi ham bölgan.
Şuningdek, Muhammad Mehdiy Mirboğiriy – ruhoniy va Ekspertlar kengaşi azosi, diniy doiralarning eng konservativ qanoti vakili sifatida ham nomzodlardan biri bölgan.