Tramp Eronning yangi rahbarini tanlaşda iştirok etişi mumkin
6-03-2026, 10:07
224 марта

Tramp Eronning yangi rahbarini tanlaşda iştirok etişi mumkin
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronning kelgusi rahbarini tanlaş jarayonida şaxsan iştirok etiş niyati borligini bildirdi. U bu haqda “Axios”ga bergan intervyusida aytdi.Trampning sözlariga köra, u Mujtabo Xomanaiyning hokimiyatga kelişiga qarşi. U uni tanqid qilib, “Xomanaiyning öğli heç narsaga arzimaydi” deb atagan va AQŞ Eronda yangi rahbarni belgilaş jarayonida iştirok etişi kerakligini aytgan.
Şu bilan birga, u avvalroq Eron rahbarligi uçun “uçta juda yaxşi nomzod” borligini aytgan, ammo ularning kim ekanini oçiqlamagan. Trampning fikriça, agar yangi rahbar avvalgi siyosatni davom ettirsa, AQŞ yana bir neça yildan keyin Eron bilan uruşga kirişişi mumkin.
Hozirda Mujtabo Xomanaiy otasi – Ali Xomanaiy halok bölganidan keyin mamlakatning oliy rahbari lavozimiga asosiy davogar sifatida körilmoqda. Yangi rahbarni Ekspertlar assambleyasi – 88 nafar diniy ulamodan iborat kengaş saylaşi kerak.
Malumotlarga köra, bu jarayon allaqaçon boşlangan. Ayni paytda ayrim manbalar Mujtabo Xomanaiy allaqaçon saylangani haqida ham xabar bermoqda.
AQŞ razvedkasi esa Eronda hokimiyat almaşişi ehtimoliga şubha bilan qaramoqda.