Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berganini aytdi
4-03-2026, 13:46
322 марта

Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berganini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi rahbariyatiga qarşi navbatdagi zarba berilganini malum qildi. Prezidentning bu haqdagi sözlarni CNN keltirdi.Uning aytişiça, bu zarba juda kuçli bölgan va oqibatlari sezilarli darajada bölişi mumkin.
AQŞ Prezidenti bu bayonotni Oq uyda Germaniya kantsleri Fridrix Merts bilan uçraşuv çoğida bildirgan.
“Bugun Eronning yangi rahbariyati yana bir zarba oldi va u ança jiddiy körinadi”, degan Tramp.
Uning takidlaşiça, zarba “juda kuçli” bölgan.
Trampning fikriça, Eron uçun “eng yomon stsenariy” – avvalgisidan ham yomonroq şaxs hokimiyatga kelişi böladi
Şuningdek, Tramp Eronning javob zarbalari haqida ham fikr bildirib, Yaqin Şarqdagi AQŞ ittifoqçilari bölgan davlatlarga hujum qilinganidan hayratda qolganini aytgan. Uning sözlariga köra, bu harakatlar “duç kelinayotgan yovuzlik darajasini” körsatadi.
“Ular heç bölmaganda malum darajada döstona bölgan va ular bilan muammosi bölmagan odamlarga zarba bermoqda”, deya qöşimça qilgan AQŞ rahbari.