USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sen özi kimsan?” Xomanaiy Trampga javob yölladi

635 марта

“Sen özi kimsan?” Xomanaiy Trampga javob yölladi 

AQŞ Prezidenti Donald Tramp iyun oyidagi hujumlardan söng, Eronning yadro infratuzilmasi butunlay yöq qilingan deb öylaydi, biroq bu fikr notöğri. Bu haqda Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy X sahifasida joylagan postida malum qildi.

“AQŞ Prezidenti Eronning yadro sanoati portlatilib, yöq qilingani bilan faxrlanmoqda. Xöş, qöyavering, şunday deb öylasin! Sen kimsanki, qaysi davlatga yadro sanoatiga ega böliş mumkin yoki mumkin emasligini belgilaysan?”, degan Eron rahnamosi. 
Eron Oliy rahbari AQŞ bilan yadro dasturi borasida yangi muzokaralarga kirişiş ehtimolini ham rad etgan. Uning fikriça, bunday muzokaralar “jiddiy va tuzatilmaydigan zarar” keltirişi mumkin.

Malumot uçun, 13 iyunga ötar keçasi Isroil Eronni yaşirin harbiy-yadro dasturini amalga oşirayotganlikda ayblab, unga qarşi operatsiyani boşlagan edi. Havo hujumlari ortidan yadro obektlari, yuqori martabali generallar, taniqli yadro fiziklari va aviabazalar nişonga olingan, yöq qilingan. 

Eron bu ayblovlarni inkor etib, javoban öz hujumlarini boşladi. Tomonlar 12 kun davomida zarbalar almaşdi. AQŞ ham jarayonga qöşilib, 22 iyunga ötar keçasi Eronning yadro obektlariga bir martalik zarba berdi.
Şundan söng, 23 iyun oqşomida Tehron AQŞning Qatardagi harbiy bazasiga raketa hujumini uyuştirib, Eron tomoni vaziyatni yanada keskinlaştiriş niyatida emasligini bildirdi. Tramp uşbu hujumdan söng Eronning barça yadro obektlari yöq qilinganini elon qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: