Eronda Oyatulloh Ali Xomanaiyning öğli yangi oliy rahnamo etib saylandi — DW
4-03-2026, 10:45
324 марта

Eronda Oyatulloh Ali Xomanaiyning öğli yangi oliy rahnamo etib saylandi — DW
Eron Islom Respublikasining halok bölgan oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning öğli — Mujtabo Xomanaiy mamlakatning yangi rahbari etib saylandi. Bu haqda Germaniyaning Deutsçe Welle (DW) naşri Eron hukumati tarkibidagi öz manbalariga tayanib xabar berdi.DW manbalariga köra, Mujtabo Xomanaiyni saylaş töğrisidagi qaror 88 nafar nufuzli şia ulamolaridan iborat kengaş tomonidan qabul qilingan. Takidlanişiça, uşbu tayinlov Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning bevosita bosimi ostida amalga oşirilgan.
Hozirça Eron rasmiylari va davlat OAV uşbu malumotni rasman tasdiqlagani yöq. Ayni paytda, Ali Xomanaiy vafotidan söng mamlakatni vaqtinça uç kişilik kengaş boşqarmoqda. Unga quyidagilar kiradi: prezident Masud Pezeşkiyon, sud hokimiyati rahbari Ğulom Husayn Muhsiniy-Ejey va vasiylik kengaşi azosi Oyatulloh Alirizo Araafiy.