Eronda oliy rahbarni kim saylaydi va Xomanaiyning izdoşi kim?
4-03-2026, 07:39
90 марта

Eronda oliy rahbarni kim saylaydi va Xomanaiyning izdoşi kim?
Eron Konstitutsiyasiga köra, mamlakatning oliy rahbarini 88 nafar din ulamolaridan iborat Ekspertlar kengaşi saylaydi. Bu organ asosan yuqori martabali va çuqur bilimli kişilardan taşkil topgan bölib, ularni saylov orqali şakllantirişadi. Oliy rahbar vafot etsa yoki lavozimini bajara olmasa, aynan şu kengaş yangi rahbarni tanlaydi.Kengaş qaror qabul qilgunça davlat boşqaruvi vaqtinça uç kişilik kengaş qöliga ötadi. Uning tarkibiga Prezident, sud hokimiyati rahbari va Ekspertlar kengaşi bilan boğliq yuqori martabali ulamo kiradi. Bu tartib ilk bor 1989 yilda, Islom Respublikasi asosçisi Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy vafot etganidan söng qöllangan va öşanda Oyatulloh Ali Xomanaiy oliy rahbar etib saylangan edi.
Kimlar ehtimoliy voris sifatida tilga olinmoqda?
Siyosiy doiralarda bir neçta nomzod muhokama qilinmoqda. Ular orasida Ali Xomanaiyning öğli Mujtabo Xomanaiy nomi eng köp tilga olinayotganlardan. Şuningdek, sobiq Prezident Hasan Ruhoniy, Islom Respublikasi asosçisining nabirasi Hasan Xumayniy, şuningdek tajribali siyosatçilar Sodiq Omuliy Lorijoniy va Ali Lorijoniy ham ehtimoliy nomzodlar qatorida qayd etilmoqda.
Tahlilçilar fikriça, yangi rahbar amaldagi hokimiyat tizimi içidagi şaxslardan tanlanişi ehtimoli yuqori. Biroq hozirgi vaziyat siyosiy va harbiy bosimlar fonida keçayotgani sababli vorislik jarayoni oson bölmasligi mumkin.