Xomanaiyning jasadi topildi va uning ölimi tasdiqlandi – “Reuters”
1-03-2026, 01:39
754 марта

Xomanaiyning jasadi topildi va uning ölimi tasdiqlandi – “Reuters”
86 yoşli Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil zarbalari oqibatida vafot etdi va uning jasadi topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Şuningdek, “The Jerusalem Post”ning yozişiça, Ali Xomanaiy Isroilning Tehronga bergan zarbasi oqibatida öldirilgan. Isroilning yuqori martabali rasmiylariga uning jasadi Isroil aviatsiyasi zarbasi oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan topilgani haqida malumot berilgan.
Xabar qilinişiça, Xomanaiy jasadining suratlari Boş vazir Binyamin Netanyaxuga körsatilgan. Netanyaxu ham televideniye orqali qilgan murojaatida Xomanaiy öldirilganiga doir “borgan sari köpayib borayotgan dalillar” mavjudligini aytgan, biroq qöşimça tafsilotlarni keltirmagan.
Xomanaiy 1989 yildan beri Eronni boşqarib kelayotgan edi. Oliy rahbar sifatida u uşbu Islom Respublikasidagi hukumatning barça tarmoqlari, harbiylar va sud tizimi ustidan mutlaq vakolatga ega edi.
Deyarli qirq yil davomida Xomanaiy Fors körfazi böyidagi sunniy musulmon davlatlari bilan raqobatlaşa oladigan mintaqaviy kuçni barpo etdi va şu bilan birga atrofdagi mintaqani sarosimaga solgan yadro texnologiyalarini rivojlantirdi.
Eron AQŞ va Isroilga nisbatan murosasiz duşmanlik kayfiyatida bölib kelgan, ayni paytda mamlakat içidagi takroriy tartibsizliklarni bostirgan.