USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çexiyada oliy martabali ruhoniy narkotik bilan qölga tuşdi

34 марта

Çexiyada oliy martabali ruhoniy narkotik bilan qölga tuşdi

Çexiyaning Karlovi Vari şahrida mitropolit (bir neçta çerkov hududi ustidan rahbarlik qiladigan yuqori martabali ruhoniy) Ilarion avtomobili politsiya tomonidan töxtatilib, tekşiruvdan ötkazildi. Hodisa davomida maşina salonidan oq rangli modda solingan törtta kiçik konteyner topilgani aytilmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.

Mitropolit Ilarion uşbu moddalarga aloqadorligini qatiyan rad etgan. U öz bayonotida bunday ayblovlar mutlaqo asossiz ekanini bildirib, vaziyatni provokatsiya deb atagan hamda öz nomi va obrösini himoya qiliş uçun barça huquqiy çoralarni körişini malum qilgan.


Himoya tarafining bildirişiça, avtomobil yöl harakati qoidalarini buzgani sababli emas, balki oldindan rejalaştirilgan maxsus tekşiruv doirasida töxtatilgan bölişi mumkin. Advokatlar politsiya maşinani şoşilinç tarzda töxtatgani, aniq asoslar darhol tuşuntirilmagani va tekşiruv jarayonida ayrim protsessual tartiblar buzilganini iddao qilmoqda.

Şuningdek, himoya vakillari avtomobil yölda ikki politsiya maşinasi tomonidan kuzatilganini, ulardan biri oldinda, ikkinçisi orqada harakatlanganini takidlaşgan. Ularning sözlariga köra, hujjatlar tekşirilgan, biroq yöl harakati qoidabuzarligi böyiça aniq davo bildirilmagan.

Advokatlar tintuv jarayonida mitropolitga avtomobilni töliq kuzatiş imkoniyati berilmagani, u yonilği quyiş şoxobçasidagi dökonga olib kirilganini ham qayd etgan. Şuningdek, ular tekşiruv vaqtida guvohlar yoki video qayd etiş bölmaganini ham şubhali holat sifatida körsatmoqda. Ular avtomobilning içki qismi emas, asosan yukxona qismi tekşirilganini, şaxsiy buyumlar esa töliq közdan keçirilmaganini bildirgan.

Mitropolit Ilarion esa tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorligini, biroq işning töliq, mustaqil va şaffof tekşiruvdan ötkazilişini talab qilayotganini aytgan. U topilgan moddalarning kelib çiqişi va tarkibi faqat ekspertiza orqali aniqlanişi kerakligini takidlagan.

Hozirda topilgan oq rangli modda yuzasidan laboratoriya tekşiruvlari olib borilmoqda. Rasmiy tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov natijalari uşbu moddalarning asl tabiati va voqeadagi har bir tomonning rolini aniqlaşi kutilmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: