USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Britaniya Qirğiziston kompaniyalarini “qora röyxat”ga tiqdi

68 марта

Britaniya Qirğiziston kompaniyalarini “qora röyxat”ga tiqdi

Buyuk Britaniya “Rossiya sanktsiyalarni aylanib ötiş uçun foydalanayotgan” 15 ta kompaniya va uç nafar jismoniy şaxsga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Bu haqda Britaniya hukumatining press-reliziga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Yangi sanktsiyalar paketi kriptovalyuta ayirboşlaş şoxobçalari va “A7” tarmoğiga qarşi qaratilgan. Forin-ofis (Britaniya Taşqi işlar vazirligi) hisoblaşiça, uşbu tarmoq mablağlarni Rossiya harbiy iqtisodiyotiga yönaltiriş uçun Qirğiziston moliya tizimlaridan foydalanadi. Ötgan yil davomida mazkur tarmoq orqali 90 milliard dollar ötgan.

Rasmiy Londonning bayonotiga köra, “Evroosiyo jamğarma banki” OAJ Rossiya hukumati uçun strategik jihatdan muhim bölgan moliyaviy xizmatlar sektorida faoliyat yuritayotgan şaxslarga moliyaviy xizmatlar körsatgani sababli çeklovlar ostiga tuşgan. Bankka nisbatan eng qatiy çoralar paketi joriy etilgan: aktivlarni muzlatiş va direktorlarning işlaşini taqiqlaşdan taşqari, Britaniya tuzilmalariga uşbu bank bilan vakillik munosabatlariga kirişiş va har qanday tölovlarni amalga oşiriş taqiqlangan.

“Davlat brokerlik kompaniyasi” OAJ va “Emitent virtualnix aktivov” OAJ Britaniya rasmiylari tomonidan Rossiya hukumatidan manfaatdor bölganlikda yoki iqtisodiy jihatdan muhim faoliyat orqali uni qöllab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda. Uşbu taşkilotlar uçun aktivlarni muzlatiş va trast xizmatlariga çeklovlar közda tutilgan. Bundan taşqari, “Emitent virtualnix aktivov”ga nisbatan maxsus internet-sanktsiyalar joriy etilgan: Britaniya provayderlari, ijtimoiy tarmoqlari va ilovalar dökonlari Buyuk Britaniya hududida foydalanuvçilarning uşbu tuzilma kontenti va servislariga kirişini çeklaşga majbur.
Sanktsiyalar röyxatiga, şuningdek, Rossiyaga avval joriy etilgan çeklov va taqiqlarni aylanib ötişda kömaklaşayotgan Gruziyaning uçta kompaniyasi ham kiritilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: