USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI Qirğiziston banklariga sanktsiya qöllamoqçi

114 марта

YeI Qirğiziston banklariga sanktsiya qöllamoqçi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni kengaytirib, Qirğizistonning ikkita banki – “Keremet Bank” va “Kapital Bank Markaziy Osiyo” OAJni sanktsiyalar röyxatiga kiritişni taklif etdi. Bu haqda “Reuters” hujjat loyihasiga asoslanib xabar bermoqda.

Taklifga köra, çeklovlar Rossiyaga kriptovalyuta xizmatlarini körsatiş bilan boğliq. Sanktsiyalar tasdiqlansa, banklar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kompaniyalari va fuqarolari bilan operatsiyalarni amalga oşiriş imkoniyatidan mahrum böladi. Röyxatga Laos va Tojikiston banklari ham kiritilişi mumkin, Xitoyning ikkita bankini esa röyxatdan çiqariş taklif etilmoqda.

Uşbu çoralar Yevropa taşqi aloqalar xizmati tomonidan Yevrokomissiya bilan hamkorlikda tayyorlangan va Yevropa Ittifoqi davlatlariga taqdim etilgan 20-sonli sanktsiyalar paketiga kiritilgan. Paketning kuçga kirişi uçun ittifoqqa azo barça mamlakatlarning bir ovozdan maqullaşi zarur.
Yevropa Ittifoqi, şuningdek, Rossiya neftini qayta yuklaşda iştirok etayotgan uçinçi davlatlar portlariga qarşi sanktsiyalar joriy etişni taklif qilmoqda. Sanktsiyalar röyxatiga Gruziyaning Kulevi porti va Indoneziyaning Karimun porti ham kiritilişi mumkin. Bu Yevropa Ittifoqining uçinçi davlatlar portlariga qarşi ilk bor çeklovlar qöyişi böladi.

Hujjatda tarmoq çeklovlari, jumladan, G7 narx çegarasidan Rossiya neftini dengiz orqali taşişni töliq taqiqlaşga ötiş közda tutilgan. Bundan taşqari, metallar va xomaşyo mahsulotlari importiga taqiqlarni kengaytiriş taklif etilmoqda.
Alohida bandda sanktsiyalarni çetlab ötişga qarşi kuraşiş mexanizmini qöllaş nazarda tutilgan.
Xususan, Yevropa Ittifoqi Qirğizistonga metall kesiş dastgohlari va ovoz, tasvir hamda malumotlarni uzatiş uçun aloqa uskunalari, masalan, modem va yönaltirgiçlarni yetkazib berişni taqiqlamoqçi.
Şaxsiy sanktsiyalarni kengaytiriş doirasida röyxatga Rossiyaning 30 nafar jismoniy şaxsi va 64 ta kompaniyasini, jumladan, “Başneft” va bir qator neftni qayta işlaş zavodlarini kiritiş taklif qilinmoqda.

Ilgari Rossiyaga qarşi çeklovlarni çetlab ötişda gumon qilinib, boşqa davlatlar, jumladan, Qirğiziston kompaniyalari ham Yevropa Ittifoqi va AQŞ sanktsiyalari ostiga tuşgan edi. Çunonçi, 2025 yil oktyabrida Yevropa Ittifoqi ikkita bankni – “Tolubay” va “Evrosiyo jamğarma banki”ni sanktsiyalar röyxatiga kiritdi. 2025 yil fevralida esa avval AQŞ röyxatiga kiritilgan “Keremet Bank” Buyuk Britaniya çeklovlari ostida qoldi. Şuningdek, Qirğiziston Respublikasining bir neçta kompaniyalari ham sanktsiyalarga duçor bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: