Yevropaning navbatdagi sanktsiyalari röyxatiga Özbekiston ham tuşişi mumkin
14-05-2025, 16:19
216 марта

Bu çeklov çoralari Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan boğliq holda joriy etilayotgani qayd etilgan.
Bloomberg agentligi malumotiga köra, Yevropa Ittifoqi 14 may kuni Rossiyaga qarşi 17-sanktsiyalar paketini rasman kelişib olişi kutilmoqda. Bu çeklov çoralari, asosan, Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan boğliq holda joriy etilayotgani qayd etilgan. Etiborli jihati şundaki, mazkur sanktsiyalar nafaqat Rossiya kompaniyalari va taşkilotlarini, balki uçinçi davlatlarda joylaşgan, Rossiyaga aylanma yöllar orqali yordam berayotgan deb gumon qilinayotgan korxonalarni ham qamrab oladi.
Bloomberğga köra, sanktsiyalar doirasida 149 ta neft tankeriga nisbatan çeklovlar joriy etilişi kutilmoqda. Uşbu tankerlar “Rossiyaning soya floti”ga mansub deb hisoblanadi.
Şuningdek, rasmiylarning aytişiça, BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam va hatto Özbekistonda joylaşgan ayrim kompaniyalar ham sanktsiya röyxatlariga kiritilişi mumkin.
Bu kabi qaror Yevroittifoqning sanktsiya mexanizmlarini yanada qattiqlaştirayotgani va Rossiyaga qarşi iqtisodiy bosimni kuçaytiriş niyatida ekanini körsatadi.
Ayni damda Özbekiston rasmiy idoralari uşbu masala yuzasidan heç qanday izoh bermagan.