Buyuk Britaniya Rossiya hujumiga tayyorgarlik körişni boşladi
6-05-2025, 17:36
136 марта
Buyuk Britaniya Rossiya hujumiga tayyorgarlik körişni boşladi Buyuk Britaniya rasmiylari Rossiyaning ehtimoliy harbiy hujumiga tayyorgarlik körişni boşladi. Ular oxirgi marta 2005-yilda tahrirlangan uruş holatidagi harakatlar rejasining yangilangan versiyasini işlab çiqmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Malum qilinişiça, uşbu hujjat “Milliy mudofaa rejasi” deb nomlanadi. U Britaniya hujumga uçragan dastlabki kunlarda harakatlar ketma-ketligini belgilaydi. Hukumat uruş elon qilinişiga qanday munosabatda bölişi va uruş davrida mamlakatni qanday boşqarişi kerakligi haqida malumotlar böladi.
Bundan taşqari, Vazirlar mahkamasi azolari va qirollik oilasining bunkerlardan foydalaniş tartibi, temir va avtomobil yöllari, fuqarolik floti, poçta va telefon tarmoqlarini himoya qiliş yöllari bayon etiladi.
Reja ommaviy axborot vositalari orqali jamoatçilikka axborot yetkaziş va “resurslarni jamğariş” tartibini ham öz içiga olişi kerak. Hujjatda mojaro boşlanişining bir neçta ssenariysi bayon etilişi kutilmoqda, ulardan ikkitasi Buyuk Britaniyaga oddiy yoki yadroviy raketalar bilan hujum qilişni öz içiga oladi.
Şuningdek, ilk bor kiber uruş ssenariysi ham batafsil yozilişi rejalaştirilgan, bu tahdid 2005-yilda haqiqiy xavf sifatida körilmagan edi. Biroq The Telegraph naşrining takidlaşiça, bu rejaning yaqin ön yilliklarda ommaga elon qilinişi ehtimoldan yiroq.
Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili Konservativ partiya tomonidan tuzilgan avvalgi hukumat davrida armiya yetarliça moliyalaştirilmagani va jangovar harakatlar boşlangan taqdirda duşmanni töxtata olmaydigan darajada “böşaşgani”ni aytgandi.
Buyuk Britaniya, boşqa köplab davlatlar singari, mohiyatan juda tajribali va (çeklangan) harbiy operatsiyalar ötkazişga tayyor böldi. Biz tayyor bölmagan narsa uruş edi.
Agar biz uruşga tayyor bölmasak, (duşmanni) töxtata olmaymiz,dedi Xili.