USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy SI böyiça mutaxassislarga ruxsatsiz xorijga çiqişni taqiqladi

88 марта

Xitoy SI böyiça mutaxassislarga ruxsatsiz xorijga çiqişni taqiqladi

Xitoy rasmiylari Pekin tomonidan mamlakat uçun strategik jihatdan muhim deb hisoblanadigan mutaxassislarning çet elga çiqişini taqiqlaş amaliyotini xususiy kompaniyalarga ham tatbiq eta boşladi. Boşqa mamlakatlarga sayohat qiliş uçun oldindan ruxsat oliş talabi ostiga ilğor suniy intellekt tizimlarini işlab çiquvçi şaxslar, jumladan, Alibaba va DeepSeek kabi kompaniyalarning yuqori lavozimli xodimlari tuşdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Bunday amaliyot davlat kompaniyalari rahbarlari, asosiy tadqiqotçilar, universitet xodimlari hamda yadroviy loyihalar bilan şuğullanuvçi olimlar örtasida keng tarqalgan. Masalan, davlat kompaniyalari top-menejerlar va Kommunistik partiya mulozimlarining xorijga çiqiş pasportlarini özlarida saqlaydi. Biroq xususiy kompaniyalar uçun bunday talab ilgari xos bölmagan.

Manbalarning sözlariga köra, yangi çeklovlar ostiga suniy intellekt sohasining bir qator yetakçi mutaxassislari, jumladan, ayrim startap asosçilari, tadqiqotçilar va kompaniya rahbarlari tuşgan. Bunday şaxslar röyxatga ularning faqat lavozimi yoki iş joyiga qarab emas, balki mamlakat uçun strategik ahamiyati baholanib kiritilmoqda.

Aslida esa suniy intellekt böyiça yetakçi mutaxassislar aynan xususiy kompaniyalarda – ÇatGPT muvaffaqiyatidan keyin şiddat bilan paydo böla boşlagan texnologik gigantlar va startaplarda faoliyat yuritadi. Uşbu şaxslarning bazilari ançadan beri xorijga safar qiliş rejalari haqida rasmiylarga xabar berişga majbur bölgan edi, garçi şu paytgaça oldindan ruxsat oliş majburiy bölmagan ersa-da. Bundan bir yil oldin “The Wall Street Journal” gazetasi Xitoy rasmiylari suniy intellektga nafaqat iqtisodiy rivojlaniş, balki milliy xavfsizlikni taminlaşni ham hisobga olgan holda qaray boşlagani haqida xabar bergan. Şu sababli, uşbu sohadagi yetakçi tadbirkor va tadqiqotçilarga AQŞga bormaslik qatiy tavsiya etila boşlangan.
Pekin suniy intellekt sohasidagi ekspertlar xorijga çiqqanda Xitoyning uşbu yönalişdagi yutuqlari haqidagi maxfiy malumotlarni oşkor qilib qöyişidan yoki ularni muzokaralarda “kozir” (ustunlik taminlovçi omil) sifatida foydalaniş uçun hibsga olişlari mumkinligidan xavotirda. Xuddi şunday holat ilgari AQŞ Prezidenti Donald Trampning birinçi prezidentlik davrida Vaşingtonning iltimosiga köra Kanadada Huawei kompaniyasining yuqori lavozimli rahbari hibsga olinganida kuzatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: