Uruşda halok bölgan rossiyalik askarlar yarim millionga yaqinlaşdi – razvedka
28-05-2026, 15:37
77 марта

Uruşda halok bölgan rossiyalik askarlar yarim millionga yaqinlaşdi – razvedka
Rossiya armiyasi Ukrainadagi butun uruş davomida faqat halok bölganlarni hisoblaganda qariyb 500 ming kişini yöqotdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Hukumat aloqalari markazi direktori Enn Kist‑Batler bayonot berdi.“Putin jang maydonida ortga çekinmoqda, buning ustiga yangi razvedka malumotlari nizo boşlanganidan buyon yarim millionga yaqin rossiyalik askar halok bölganini körsatmoqda”, deydi Enn Kist‑Batler.“The Guardian” naşrining qayd etişiça, bu Britaniyaning yuqori lavozimli mulozimi tomonidan tajovuzning beşinçi yilida Rossiyaning Ukrainadagi yöqotişlari böyiça Buyuk Britaniya tomonidan berilgan bahoning ilk bor tasdiqlanişidir. Avvalroq ğarblik tahlilçilar halok bölgan rossiyalik askar va ofitserlar sonini 325 ming kişi atrofida baholayotgan edi. Xususan, 2026 yilning yanvar holatiga köra bölgan bunday hisob-kitoblarni Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) keltirib ötgan. Uning malumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlarining Ukrainadagi umumiy yöqotişlari (yaradorlar va bedarak yöqolganlarni qöşganda) 1,198 million kişiga yetgan.
CSIS tahlilçilari uşbu raqamlarni “misli körilmagan” deb atab, Ikkinçi jahon uruşidan keyin birorta ham yetakçi davlat bunday katta yöqotişlarga uçramaganini takidlagan. “Mediazona” va BBC tomonidan yuritilayotgan halok bölganlarning ismma-ism röyxatida hozirgaça kamida 221 206 nafar rossiyalik qayd etilgan.
Bundan oldin Ukraina Uçinçi armiya korpusi qömondoni, brigada generali Andrey Biletskiy “Reuters”ga bergan intervyusida Rossiya armiyasi oğir yöqotişlar tufayli holdan toygani va yirik muvaffaqiyatli yoririb ötişlarni amalga oşirişga qodir emasligini malum qilgan.
Uning sözlariga köra, agar Ukraina Qurolli kuçlari yaqin bir neça oy içida öz hujum suratini oşiriş va uşlab turişga muvaffaq bölsa, front çiziğidagi taşabbusni öz qöliga olişi va Rossiyani Donetsk viloyatining Ukraina nazoratida qolayotgan qismini egallaş rejasidan voz keçişga majbur qilişi mumkin.
“Men kelgusi olti-töqqiz oy uruş jarayonida buriliş nuqtasi böladi, deb hisoblayman. Aniqroq aytadigan bölsam, eng muhimi – mana şu oldingizda turgan olti oydir”, deydi Biletskiy.