Köçib ötiş uçun eng yaxşi davlatlar reytingi elon qilindi
28-05-2026, 16:28
74 марта

Köçib ötiş uçun eng yaxşi davlatlar reytingi elon qilindi
“Remitly” kompaniyasi yillik “Immigratsiya indeksi”ni elon qildi. Unda 82 ta davlat 34 ta körsatkiç, jumladan, yaşaş qiymati, daromad darajasi, soğliqni saqlaş, xavfsizlik, talim va umumiy hayot sifati böyiça baholandi.Ikkinçi örindan yuqoriga kötarilgan Şveytsariya 2026 yilning mutlaq yetakçisiga aylandi. Mamlakat dunyodagi eng yuqori daromad topiş imkoniyatlari, qulay tibbiyot, yuqori xavfsizlik standartlari va rivojlangan infratuzilmasi tufayli birinçi poğonani egalladi. Xalqaro maktablarning mavjudligi va barqaror energiya taminoti unga qöşimça ustunlik taqdim etgan.
“Kumuş” medal bir yil avval birinçi örinni egallagan Islandiyaga nasib etgan. Mamlakat daromad, xavfsizlik va ekologiya böyiça kuçli mavqeini saqlab qolgan bölsa-da, xalqaro maktablar sonining qisqargani sababli yetakçilikni boy bergan.
Kuçli uçlikni yuqori daromad, xavfsizlik va alo darajadagi jamoat transporti tufayli Lyuksemburg yakunlab bergan. Kuçli beşlikka Yevropadan taşqaridagi davlatlardan faqat Avstraliya (4-örin) kira olgan – bunga immigrantlarga bölgan mehmondöst munosabat hamda tabiat va hordiqqa yönaltirilgan hayot tarzi sabab bölgan. Beşinçi örinni esa Yevropaning eng yirik iqtisodiyotida karera istiqbollarini izlayotganlar uçun işonçli tanlov sifatida Germaniya egallagan.
Eng yaxşi 10 talik quyidagiça:
- Şveytsariya;
- Islandiya;
- Lyuksemburg;
- Avstraliya;
- Germaniya;
- Irlandiya;
- AQŞ;
- Daniya;
- Norvegiya;
- Ispaniya.