Dunyodagi eng mazali taomlar reytingi elon qilindi. Özbekiston bu reytingda bormi?
30-01-2026, 22:09
161 марта

Dunyodagi eng mazali taomlar reytingi elon qilindi. Özbekiston bu reytingda bormi?
Dunyodagi eng mazali milliy taomlarga ega mamlakatlar reytingini elon qildi. Unda Gretsiya oşxonasi dunyodagi eng mazali taomlarga ega oşxona sifatida etirof etildi. Özbekiston esa uşbu röyxatdan joy ololmadi. Bu haqda “World Population Review” naşri xabar berdi.Reytingga köra, Gretsiyadan keyingi örinlarni Italiya va Meksika egallab, kuçli uçlikni yakunlagan. Şuningdek, TOP-10 röyxatidan Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Frantsiya, Yaponiya va Xitoy ham joy olgan. Qayd etilişiça, eng yaxşi öntalik 2024 yildan buyon deyarli özgarişsiz qolgan.
Özbekiston uşbu reytingga kirolmagan bölsa ham Qozoğiston taomlari 92-örinni egallagan. Armaniston milliy taomlari esa qozoq ovqatlaridan keyin 93-poğonani band etgan. Qirğiziston ham mazkur reytingga kiritilmagan.
Manbaga köra, eng kam mazali taomlarga ega mamlakatlar sifatida Nikaragua, Laos va Boliviya körsatilgan. Uşbu davlatlar 99 mamlakatdan iborat reytingning sönggi uç poğonasidan joy olgan.