Özbekiston FIFA reytingida 5 poğona yuqoriladi
19-11-2025, 22:13
150 марта

Özbekiston FIFA reytingida 5 poğona yuqoriladi
Joriy yilning noyabr oyida bölib ötgan xalqaro tanaffusdan söng FIFA reytingi yangilandi. Misr va Eronga qarşi öyindagi ğalabadan keyin Özbekiston terma jamoasi reytingda 5 poğona yuqoriladi.Yangilangan reytingga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi avvalgi örnidan 5 poğona yuqorilab, 50-örindan joy olgan. Şuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-örinni band etgan. Özbekistondan yuqorida, Avstraliya (26), Janubiy Koreya (22), Eron (20) va Yaponiya (18) milliy terma jamoalari örin olgan. Hozirda Özbekiston MTJ reytingda 1462.03 oçko jamğargan.