Özbekiston JÇ qurasida qaysi savatçada bölişi aniq böldi
16-10-2025, 14:34
833 марта

Özbekiston JÇ qurasida qaysi savatçada bölişi aniq böldi
Joriy yilning 5 dekabr kuni Jahon çempionati-2026 musobaqasi uçun qura taşlaş marosimi bölib ötadi. Özbekiston milliy terma jamoasi qura taşlaş marosimida 3-savatçadan joy oladigan böldi. Bu haqda “Football Meets Data” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi bilan birga 3-savatçadan Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritişga ulgurgan Jazoir, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar terma jamoalari joy oladi. Qolgan jamoalar hali ham 2-savatga kötarilişi yoki 4-savatga tuşib ketişi ehtimoliga ega.
Şuningdek, 3 ta mezbon jamoalardan taşqari Argentina, Angliya va Braziliya terma jamollari 1-savatçadan joy egallaşlari aniq bölib ulgurgan. Urugvay, Yaponiya, Eron va Senegal terma jamoalari 2-savatçadan, Gana va Yangi Zelandiya terma jamoalari 4-savatçadan joy egallaydi. Qolgan terma jamoalar esa noyabr oyidagi yangilangan FIFA reytingi asosida qaysi savatçadan joy olişi malum böladi.