OAV: AQŞ va Eron muhim kelişuvga erişdi

OAV: AQŞ va Eron muhim kelişuvga erişdi
AQŞ va Eron muzokaraçilari sulh va yadroviy muzokaralarni boşlaş böyiça 60 kunlik memorandum loyihasini kelişib oldilar. Bu haqda Axios ikki amerikalik amaldor va yana bir xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Naşr manbalariga köra, hujjat Hörmuz böğozi orqali bojlarsiz yoki hibsga olinmasdan erkin ötişni nazarda tutadi. Eron şuningdek, 30 kun içida dengiz yölagidagi minalarni tozalaş majburiyatini oladi.
Loyihaga köra, AQŞ Eron bilan öz aktivlarini ozod qiliş va sanktsiyalarni yumşatiş masalasini muhokama qilişi kerak. Memorandumda şuningdek, Eronga gumanitar yordam olişni boşlaş imkonini beruvçi mexanizm haqida ham söz boradi.
Axiosʼning takidlaşiça, AQŞ prezidenti
Donald Tramp, şuningdek, Eron rahbariyati hali memorandum loyihasini tasdiqlamagan.
24 may kuni Donald Tramp tinçlik şartnomasi loyihasi deyarli kelişib olinganini aytdi. Eron muzokaraçilar hujjat böyiça aloqada bölganini tasdiqladi. Bir kun oldin Amerika prezidenti Eron bilan muzokaralar jarayonidan noroziligini bildirdi va yangi harbiy harakatlar boşlanişi mumkinligiga işora qildi.