AQŞ va Eron uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga yaqin – OAV
6-05-2026, 16:06
64 марта

AQŞ va Eron uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga yaqin – OAV
AQŞ rasmiylari Eron bilan bir sahifalik özaro anglaşuv memorandumini imzolaşga yaqin ekanliklariga işonmoqda. Uşbu hujjat harbiy harakatlarga çek qöyişi va “yadroviy masala böyiça yanada batafsil muzokaralar” uçun asos bölişi kerak. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Axios” xabar berdi.Naşrning yozişiça, AQŞ yaqin 48 soat içida bir neçta asosiy bandlar böyiça Eronning javobini kutmoqda. Portal malumotlariga köra, “hozirça heç narsa kelişib olinmagan”, biroq manbalar bu harbiy harakatlar boşlanganidan beri “kelişuvga eng yaqin kelingan lahza” ekanini takidlamoqda. “Axios” naşrining aniqlik kiritişiça, AQŞ Eron rahbariyatida ixtilof bor deb hisoblaydi va turli fraktsiyalar örtasida konsensusga erişiş qiyin keçişi mumkin. Ismi oşkor etilmagan ikki mulozimning sözlariga köra, AQŞ Prezidenti Donald Trampning keça Hormuz böğozidagi “Ozodlik loyihasi” (Project Freedom) operatsiyasini töxtatib turiş haqidagi qarori “muzokaralardagi ilgarilaşga asoslangan”.
Memorandum 14 ta banddan iborat. Ularning orasida quyidagilar bor:
- Mintaqada uruşni töxtatiş va ikkala davlat tomonidan Hormuz böğozini oçiş töğrisidagi batafsil kelişuv böyiça 30 kunlik muzokaralar davrini boşlaş;
- Eronning uranni boyitişga moratoriy joriy etiş majburiyati (12 yillik muddat muhokama qilinmoqda);
- Yuqori darajada boyitilgan uranni Erondan olib çiqib ketiş (uni AQŞga topşiriş varianti körib çiqilmoqda);
- Eronning yadroviy qurolga ega böliş intilişidan voz keçişi, şuningdek, yerosti yadroviy obektlaridan foydalanişni töxtatiş;
- AQŞning sanktsiyalarni bekor qiliş va Eronning muzlatib qöyilgan milliardlab dollarlik mablağlarini oçib berişga roziligi;
- Eronning mamlakatda tekşiruvlar ötkazilişiga roziligi.