USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sönggi imkoniyat: AQŞ Eron bilan muzokara tuzişga harakat qilmoqda

146 марта

Sönggi imkoniyat: AQŞ Eron bilan muzokara tuzişga harakat qilmoqda

AQŞ va Eron vositaçilar bilan birga 45 kunlik öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu vaqtinçalik sulh keyinçalik töliq tinçlik kelişuviga olib kelişi mumkin. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Axios” naşri xabar berdi.

AQŞ va Eron mintaqaviy vositaçilar bilan birgalikda 45 kunlik öt oçişni töxtatiş şartlarini muhokama qilmoqda. Bu kelişuv uruşni yakunlaş yölida muhim bosqiç bölişi mumkin.
Manbalarga köra, qisman kelişuvga erişiş imkoniyati juda kam, biroq bu “sönggi uriniş” va uruş keskin kengayib ketişining oldini oliş uçun yagona imkoniyat hisoblanadi.


Naşr ikki manbasining malum qilişiça, AQŞ va Isroil Eronning energetika obektlarini bombardimon qiliş böyiça reja tayyorlab qöygan. Ularning aytişiça, Prezident Donald Tramp ultimatum muddatini uzaytirgan, bu esa kelişuvga erişiş uçun sönggi imkoniyatni beriş maqsadida qilingan.

Naşr malumotlariga köra, muzokaralar Pokiston, Misr va Turkiya vositaçiligida olib borilmoqda. Şuningdek, AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi örtasida yozma muloqot ham davom etmoqda.
AQŞ rasmiylaridan birining aytişiça, sönggi kunlarda Vaşington Tehronga bir neçta takliflar yuborgan, biroq hozirgaça ularning birortasi qabul qilinmagan.

Qayd etilişiça, muhokama qilinayotgan kelişuv ikki bosqiçdan iborat. Birinçi bosqiç – 45 kunlik öt oçişni töxtatiş. Şu davr içida uruşni töliq tugatiş şartlari kelişib olinişi rejalaştirilgan. Vositaçilar fikriça, Hormuz böğozini töliq oçiş va Eronning boyitilgan uran masalasini hal qiliş faqat yakuniy kelişuv doirasida amalga oşirilişi mumkin.

Hozir vositaçilar Eron birinçi bosqiçda heç bölmasa qisman yon berişga tayyormi yoki yöqligini aniqlaşga harakat qilmoqda. Ular Tehronni ogohlantirib, yaqin 48 soat kelişuvga erişiş va keng kölamli vayronagarçilikning oldini oliş uçun sönggi imkoniyat ekanini bildirgan.

Şu bilan birga, Islom Respublikasi rasmiylari faqat qoğozda qoladigan kelişuvga rozi bölişni istamasliklarini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: