Rossiya droni Ruminiyadagi turarjoy binosiga borib urildi
29-05-2026, 10:21
141 марта

Rossiya droni Ruminiyadagi turarjoy binosiga borib urildi
Bugun, 29 mayga ötar keçasi Ruminiyaning Galats şahrida uçuvçisiz uçiş apparati (dron) köp qavatli turarjoy binosi ustiga quladi. Hodisa oqibatida yonğin kelib çiqqan. Bu haqda Ruminiya Favqulodda vaziyatlarga çora köriş xizmati xabar berdi.Taxminan soat 02:42 atrofida OAVda Ruminiyaning Galats şahrida dron turarjoy binosiga urilgani haqida malumotlar paydo böla boşlagan. Bu Rossiyaga tegişli dron ekanligi taxmin qilingan, çunki aynan öşa paytda Rossiya kuçlari Ukrainaning Odessa viloyatiga (Galats şahri uşbu hududga yaqin joylaşgan) dronlar bilan keng kölamli hujum uyuştirayotgan bölgan.
“Dastlabki xabarlarga köra, Rossiyaning uçuvçisiz uçiş apparati Ruminiyaning Galats şahridagi köp kvartirali uyga kelib urilgan. Hodisa rasmiy idoralar “atrofdagi havo makonidan buyumlar qulaşi ehtimoli” haqida ogohlantiriş elon qilganidan köp ötmay yuz bergan”, deb yozadi “Faytuks Network” naşri.Biroz vaqt ötgaç, uçuvçisiz apparat bilan boğliq hodisani Favqulodda vaziyatlarga çora köriş xizmati ham tasdiqlagan. Ularning bayonotiga köra, dron turarjoy binosiga qulagan, zarba oqibatida portlaş yuz bergan va uyning 10-qavatidagi xonadonda yonğin kelib çiqqan.
“Hodisa oqibatlarini bartaraf etiş va hudud xavfsizligini taminlaş uçun voqea joyiga Galats şahar kuç va vositalari, Içki işlar vazirligining boşqa bölinmalari hamda Ruminiya Razvedka xizmatining (SRI) ixtisoslaşgan guruhlari yetib bordi. Yonğin çiqqan xonadon içida bölgan ikki kişi mustaqil ravişda evakuatsiya bölişga ulgurgan. Hozirgi soatgaça qurbonlar aniqlanmagan”, deyiladi rasmiy xabarda.Keyinçalik bayonot yangilangan. Yangi malumotlarga köra, yengil şikastlangan (tilingan, şilingan joylari bor) ikki kişiga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan. Şuningdek, qutqaruvçilar yonğinni butunlay öçirgan.