Atakama çöli özining noyob qoronğiligini yöqotmoqda
29-05-2026, 18:45
153 марта

Atakama çöli özining noyob qoronğiligini yöqotmoqda
Çilining Atakama çöli dunyodagi eng qoronği hududlardan biri hisoblanadi. Şu sababli bu yer astronomlar uçun juda muhim joyga aylangan. Aynan şu hududda joylaşgan Paranal observatoriyasi orqali olimlar koinot böyiça muhim kaşfiyotlarni amalga oşirib kelmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.Astronomlarning takidlaşiça, hatto kiçik yoruğlik manbalari ham kuçli teleskoplar işiga salbiy tasir qiladi. Çunki Atakamaning asosiy qiymati — uning deyarli mutlaq qoronğiligida.
Olimlar bu muammo nafaqat ilm-fan, balki tabiat uçun ham xavfli ekanini aytmoqda. Yoruğlik ifloslanişi hayvonlar va ösimliklarning tabiiy hayot tartibini buzişi, inson salomatligiga ham salbiy tasir körsatişi mumkin.
“Haqiqiy qoronğulikni topiş tobora qiyinlaşib bormoqda. Bu – tanqislik muammosi. 50 yil avval dunyoda qoronği osmonlar juda köp edi, biroq bugun ular keskin kamayib, yöqolib borayotgan muhitga aylangan. Agar biz ularni himoya qilmasak, ularni butunlay yöqotib qöyişimiz mumkin va bu kuraşda yutqazsak, uning örnini bosadigan heç narsa bölmaydi”, dedi Çilidagi Antofagasta universiteti astronomi Eduardo Unda-Sanzana.Mutaxassislar fikriça, agar qatiy çoralar körilmasa, insoniyat koinotni kuzatiş uçun eng muhim hududlardan birini yöqotişi mumkin.