USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XIVADA EKOLOGIK XAVF: OQOVA SUV “OZERNIY KOLLEKTOR — DRUJBA” KANALIGA OQIZILMOQDAMI?

391 марта
Xorazm viloyatining qadimiy va sayyohlar etiboridagi şaharlaridan biri bölgan Xivada jiddiy ekologik muammo yuzaga kelayotgani haqida xavotirli xabarlar tarqalmoqda.

Malumotlarga köra, şaharga yaqin hududda joylaşgan markaziy oqova suv quvurlaridan biri yorilgan yoki ehtimol, oqova suvlar ataylab “Ozerniy kollektor — Drujba” kanaliga yönaltirilayotgan bölişi mumkin. Har ikki holat ham jiddiy tahlil va tezkor çora körişni talab qiladi.

 BALIQLAR QIRILMOQDA, TABIAT ZARAR KÖRMOQDA

Kanal suvining ifloslanişi natijasida undagi tirik organizmlar, ayniqsa baliqlar nobud bölayotgani kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat ekotizimga, balki aholining oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy tasir körsatişi mumkin.

Şu bilan birga, uşbu “Ozerniy kollektor — Drujba” kanali orqali boşqa qişloq xöjaligi yerlarini suğoriş imkoniyati ham mavjud. Ifloslangan suvdan foydalaniş esa tuproq sifatining yomonlaşişiga va hosildorlikning pasayişiga olib kelişi ehtimoldan xoli emas.

HIDI YÖLGAÇA YeTIB BORMOQDA

Hududda tarqalayotgan noxuş hid nafaqat atrofdagi aholi, balki yölovçilar uçun ham jiddiy noqulaylik tuğdirmoqda. Ayniqsa, asosiy avtomobil yöligaça yetib borayotgan bu hid şahar imijiga ham salbiy tasir körsatişi mumkin.


 MASULLAR JAVOBGARLIKKA TORTILIŞI KERAK

Mazkur holat yuzasidan tegişli taşkilotlar zudlik bilan örganiş işlarini olib borişi şart. Agar quvur yorilişi aniqlansa — bu texnik nosozlikni öz vaqtida bartaraf etmagan masullar javobgarlikka tortilişi lozim. Agar esa oqova suv ataylab kanalga oqizilgan bölsa, bu yanada oğir huquqiy baho talab etadi.

Tabiat — barçamizniki. Uni asraş har bir fuqaroning burçi bölgani kabi, masul idoralarning ham bevosita vazifasidir. Xivada yuzaga kelgan uşbu holatga befarq qaraş mumkin emas. Vaqtni boy bermasdan, muammoga yeçim topiş — bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Изоҳ қолдириш

    • Sherzod 5 Aprel 2026 16:32
      Ko'p yillardan buyon quyadi bir imkoni topilsa yaxshi bo'lar edi hididan o'tib bo'lmaydi yo'ldan

Мавзуга алоқадор: