Kiyevdan katta yuriş: Ukraina Rostovdagi portni bombardimon qildi
30-05-2026, 14:47
240 марта

Kiyevdan katta yuriş: Ukraina Rostovdagi portni bombardimon qildi
Rossiyaning Rostov viloyatidagi Taganrog porti Ukraina bilan boğliq mojarolar sababli navbatdagi dron hujumiga uçradi. Bu haqda viloyat gubernatori Yuriy Slyusar xabar berdi.Unga köra, uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumi oqibatida port hududidagi tanker va yonilği saqlanadigan rezervuarlardan biri yonib ketgan.
Şuningdek, hujum oqibatida mamuriy binoda ham yonğin yuzaga kelgan. Dastlabki malumotlarga köra, uşbu binoda jabrlanganlar qayd etilmagan. Biroq dronlardan biri xususiy turar joyga kelib urilgani sababli ikki kişi jarohat olgan. Keyinçalik, Taganrog şahri meri Svetlana Kambulova jarohatlangan erkak va ayol şifoxonaga yotqizilganini malum qilgan.
Viloyat rahbari malumotiga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari Taganrog şahri hamda Çertkovskiy, Matveyevo-Kurgan, Neklinov tumanlari osmonida bir neça dronlarni urib tuşirgan.
Şu bilan birga, Rossiyaning Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayev ham hududda oltita dron urib tuşirilganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq va binolar hamda infratuzilmaga zarar yetmagan.
Taganrog meri Svetlana Kambulovaning takidlaşiça, şahar ommaviy havo hujumiga duç kelgan. Dronlar zarbasi oqibatida portdagi yuk ortiş infratuzilmasi va mamuriy bino zarar körgan. Yonğin qisqa vaqt içida öçirildi. Rasmiylar neft mahsulotlari tökilişi holati kuzatilmaganini bildirgan.
Ayni paytda Rostov viloyatidi dronlar xavfi saqlanib qolayotgani malum qilinib, aholidan ehtiyotkor böliş söralgan.