Eron Xomanaiy uçun dafn marosimiga tayyorlanmoqda
30-05-2026, 14:52
471 марта

Eron Xomanaiy uçun dafn marosimiga tayyorlanmoqda
Eron hukumati marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy uçun keng kölamli davlat dafn marosimini taşkil etişga rasman kirişdi. Bu haqda A news xabar berdi.Marosim mamlakatning AQŞ va Isroil bilan uruşi sababli uç oyga keçiktirilgan edi.
Davlat OAVlarining xabar berişiça, dafn marosimiga tayyorgarlik köriş uçun maxsus ştab tuzilgan. Hozirda turli davlat idoralari marosimni taşkil etiş böyiça reja va taşkiliy işlarni olib bormoqda.
Eronni 30 yildan ortiq boşqargan Xomanaiy 28 fevral kuni uruş boşlangan paytda AQŞ va Isroil tomonidan amalga oşirilgan ilk zarbalar çoğida halok bölgan. Hujum vaqtida uning öğli va vorisi Mujtabo Xomanaiy ham yaralangan. U Oliy rahbar lavozimini egallaganidan buyon jamoatçilik oldida köriniş bermagan.
Joriy yilning aprel oyida Xomanaiy xotirasiga bağişlangan tadbir ötkazilgan bölsa-da, dastlab rejalaştirilgan davlat dafn marosimi uruş sababli bekor qilingan edi.
Rasmiylarga köra, marosim sanasi hozirça aniq belgilanmagan. Biroq tegişli taşkilotlar “ulkan va tantanali” dafn marosimini ötkaziş uçun barça zarur şaroitlarni yaratiş ustida işlamoqda.