USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yer aylanişi “misli körilmagan darajada” sekinlaşdi – tadqiqot

521 марта

Yer aylanişi “misli körilmagan darajada” sekinlaşdi – tadqiqot

Iqlim özgarişi oqibatida qutb muzliklarining erişi sababli Yerning öz öqi atrofida aylanişi sekinlaşmoqda. Bu kun davomiyligini har asrda 1,33 millisoniyaga uzaytirmoqda, bu esa sönggi 3,6 million yil içidagi “misli körilmagan” körsatkiçdir. Bu haqda Vena universiteti va Syurix texnologiya instituti olimlari olib borgan tadqiqotga tayanib, BBC Science Focus xabar berdi.

“Erning aylaniş energiyasidagi özgariş magnitudasi 9,0 ball bölgan zilzilaga tengdir”, deydi tadqiqotning boş muallifi Mustafo Kiani Şahvandi.
Tadqiqot hammuallifi Benedikt Soyaning aniqlik kiritişiça, buning uçun taxminan 1000 gigatonna massaning qayta taqsimlanişi talab etiladi, bu Nyu-York tepasida böyi 10 kilometrlik muz kubi paydo bölişi bilan barobardir. 
“Insonning Yer tizimiga körsatayotgan tasiri şu qadar çuqurlaşdiki, biz endi Yer aylanişining asl tabiatini özgartirmoqdamiz”, deydi Benedikt Soya.
Global isişning sayyora aylanişiga körsatayotgan oqibatlarini olimlar “omillarning ideal tarzda mos kelişi” deb atagan: nozik muz qatlamlari va karbonat angidrid (CO₂) gazining tabiiy ravişda köpayişi bundan qariyb 2 million yil avval ham keng kölamli muz erişiga sabab bölgan. Biroq insoniyat faoliyati atigi bir asr içida öşa davrdagi tabiiy kuç bilan tenglaşib olgan. Prognozlarga köra, asr yakuniga borib iqlim özgarişi sutka uzayişining boş omiliga aylanadi va bu borada Oyning gravitatsion tasirini ham ortda qoldiradi. Bunday özgarişlar GPS tizimlarining öta aniqlikdagi sinxronizatsiyasi uçun öta xavfli hisoblanadi. 


Изоҳ қолдириш

    • Дилором 31 May 2026 23:12
      Шунда Ер уз уки атрофида 24 соат айланаржи.Энди бу сон канча булади.Ёрни уз уки атрофида тез айланади дейишди яъни 18 соат дейишди Шунда кайси жавоб тугри

Мавзуга алоқадор: