Ispaniyada kuçli jazirama sabab 36 kişi halok böldi
1-06-2026, 08:30
130 марта

Ispaniyada kuçli jazirama sabab 36 kişi halok böldi
Ispaniyaning katta qismini kuçli issiqlik tölqini qamrab oldi.Mamlakat janubi-ğarbiy qismida harorat deyarli 40 darajaga yetdi. Reuters agentligining xabar berişiça, rasmiylar «sariq» ogohlantiriş darajasini elon qilişdi.
May oyining örtalaridan beri mamlakatda yuqori harorat saqlanib qolmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, sönggi ikki hafta içida haddan taşqari issiqlik tufayli kamida 36 kişi vafot etgan.
Sevilya, Kordova va Saragosa jazirama issiqning markazida qolmoqda. Uşbu şaharlar aholisiga köproq suv içiş, oçiq havoda ötkaziladigan vaqtni çeklaş va quyoşdan himoya qiluvçi kremlardan foydalaniş tavsiya etiladi.