USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropa “yonmoqda”. Frantsiyada 7 kişi issiqdan halok böldi

181 марта

Yevropa “yonmoqda”. Frantsiyada 7 kişi issiqdan halok böldi

Frantsiyada anomal issiqlik yetti kişining ölimiga sabab böldi. Bir qator hududlarda harorat rekord darajaga kötarildi, önlab odamlar şifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Frantsiyada may oyi uçun rekord darajadagi issiq havo kuzatilmoqda va u allaqaçon insonlar ölimiga olib kelgan. Mamlakatda haddan taşqari yuqori harorat tufayli yetti kişi hayotdan köz yumgan.

OAV malumotlariga köra, beş kişi suvda çökib ketgan, yana ikki kişi oçiq havoda ötkazilayotgan sport tadbiri paytida vafot etgan. Bundan taşqari, 16 kişi şifoxonaga yotqizilgan bölib, ulardan ön nafarining ahvoli öta oğir deb baholanmoqda.
“Meteo France” milliy meteorologiya agentligining xabar berişiça, keça, 25 may kuni mamlakat janubi-ğarbidagi Le-Land departamentida harorat 37,1 darajaga yetgan. Soyada esa havo 36 darajagaça qizigan. Bu kun Frantsiyadagi butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq may kuni bölgan va 1944 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordni yangilagan. Mamlakat böylab 350 dan ortiq meteorologiya stantsiyalari yangi harorat maksimumini qayd etgan.

Anomal issiqlik Yevropaning boşqa davlatlariga ham tasir körsatgan. Buyuk Britaniyada, London janubi-ğarbidagi Kyu-Gardens hududida harorat 34,8 darajaga kötarilgan va bu ham yilning uşbu davri uçun rekord körsatkiç bölgan.

Ispaniyada sinoptiklar bir qator hududlarda harorat 38-40 darajagaça kötarilişini prognoz qilmoqda. Italiyada esa Latsio regioni rasmiylari oçiq quyoş ostida, jumladan, quriliş maydonçalarida işlaşni allaqaçon çeklab qöygan.

Ekspertlarning baholaşiça, hozirda Yevropadagi harorat iqlimiy meyordan 12-13 darajaga yuqori. Mutaxassislar sodir bölayotgan bu jarayonni iqlim özgarişi va Marokaşdan ötgan issiq havo oqimi Yevropa ustidagi yuqori bosim zonasi tufayli tösilib qolgani, yani “issiqlik gumbazi” hodisasi bilan boğlamoqda.

Ekspertlar bu kabi issiqlik tölqinlari kelgusida yanada tez-tez takrorlanişi va şiddatliroq tus olişidan ogohlantirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: