Endi xodimlarini issiqdan himoyalamagan kompaniyalar jazolanadi. Yaponiyada!
2-06-2025, 20:39
147 марта

Endi xodimlarini issiqdan himoyalamagan kompaniyalar jazolanadi. Yaponiyada!
Joriy yilning 1 iyunidan Yaponiyada kuçga kirgan yangi qoidalar korxonalardan işçilarni haddan taşqari issiqlikdan himoya qiliş çoralarini körişni talab qiladi. Bu haqda NHK World Japan xabar berdi.Malum qilinişiça, 2024 yilgi jazirama yoz işçilarga salbiy tasir körsatganidan söng, Yaponiya hukumati mehnat xavfsizligi böyiça qonunçilikni kuçaytirgan. Yaponiyada 1 iyundan kuçga kirgan yangi qoidalar korxonalardan işçilarni haddan taşqari issiqlikdan himoya qiliş çoralarini körişni talab qiladi. Uşbu talabga amal qilmagan korxonalar 500 ming iyena (taxminan 45 mln söm) jarima tölaşlari mumkin.
Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligining malumotiga köra, ötgan yili yuqori harorat bilan boğliq holatlar tufayli 30 kişi vafot etgan, taxminan 1200 kişi jarohat olgan. Jabrlanganlarning aksariyati quriliş va işlab çiqariş sohalarida işlagan.
Malumot uçun, issiq urişi inson tana haroratining xavfli darajada kötarilişi oqibatida yuzaga keladigan, tezda davolanmasa, hayot uçun xavfli bölgan holatdir. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning ötgan yilgi hisobotiga köra, 2000-2019 yillar oraliğida har yili deyarli yarim million odam issiqlik bilan boğliq sabablardan vafot etgan.
Yuqori haroratlar nafaqat soğliq uçun xavf tuğdiradi, balki işçilarning unumdorligiga salbiy tasir körsatadi. Mutaxassislar issiq tölqinlar iqtisodiyotlarga tobora ortib borayotgan zarar yetkazayotganidan xavotir bildirişmoqda. Jahon Meteorologiya Taşkilotiga köra, 2024 yilda global örtaça harorat ilk bor sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5°C darajadan oşgan va kelgusi 5 yillikda yangi rekordlar qayd etilişi kutilmoqda.