USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Isroil va Livanga yangi kelişuv taklif qildi

45 марта

AQŞ Isroil va Livanga yangi kelişuv taklif qildi

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Isroil va Livan örtasidagi mojaroni yumşatişga qaratilgan yangi taşabbusni ilgari surdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Malum qilinişiça, u sönggi 48 soat içida Livan Prezidenti Jozef Aun va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar ötkazgan.
AQŞ taklifiga köra, birinçi bosqiçda Livandagi “Hizbulloh” Isroilga qarşi barça hujumlarni töxtatişi kerak. Bunga javoban Isroil ham Bayrutga nisbatan harbiy harakatlarni kuçaytirmaslik majburiyatini oladi.

Amerikalik rasmiylardan birining takidlaşiça, bu qadamlar bosqiçma-bosqiç keskinlikni kamaytiriş va jangovar harakatlarni samarali töxtatiş uçun imkon yaratadi.

Xabarlarga köra, Livan Prezidenti Jozef Aun AQŞning sulh taklifini qöllab-quvvatlamoqda. Livan parlamenti spikeri Nabih Berri esa “Hizbulloh” öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya qilişini bildirgan, biroq sulhning dastlabki qadamlari böyiça masuliyatni Isroil zimmasiga yuklagan.

AQŞ mamuriyati vakili “Hizbulloh” Eron siyosatiga ergaşayotganini va mojaroning davom etişidan manfaatdor ekanini takidlagan. Uning fikriça, Eron Livandagi vaziyatni çöziş orqali keyinçalik mojaroni hal qilişdagi rolini namoyiş etişga urinmoqda.

Şuningdek, AQŞ tomoni Isroil tinç aholiga qarşi hujumlar davom etayotgan bir paytda bunga çidab turişini kutmasligini bildirib, keskinlikni pasaytirişning eng tez yöli “Hizbulloh” tomonidan zudlik bilan öt oçişni töxtatiş ekanini qayd etgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: