Eron AQŞning zarbasidan keyin bazalarni buldozerlar bilan tiklamoqda – OAV
1-06-2026, 11:55
115 марта

Eron AQŞning zarbasidan keyin bazalarni buldozerlar bilan tiklamoqda – OAV
AQŞ va Isroilning qimmatbaho raketa zarbalaridan söng Eron yerosti raketa bazalariga kiriş yöllarini oddiy quriliş texnikalari yordamida qayta oçişga muvaffaq böldi. Bu haqda CNN xabar berdi.Telekanal malumotiga köra, AQŞ va Isroil zarbalari nişonga olgan 69 ta tunnel kiriş joyidan 50 tasi allaqaçon qayta oçilgan. Buning uçun Eron asosan buldozer va yuk maşinalaridan foydalangan.
Naşr malumotlariga köra, Eron hozir uzoq masofaga uçuvçi köplab raketalarni parvoz qildiriş imkonini beradigan darajada yerosti arsenallarini qayta işga tuşirgan. Harbiy harakatlar davomida ham, AQŞ va Isroilning quriliş texnikalariga bergan zarbalariga qaramay, tunnel kiriş joylarini qaziş işlari töxtamagan.
Ekspertlarning fikriça, bu holat AQŞ va Isroil strategiyasining çeklangan imkoniyatlarini körsatadi. Ularning aytişiça, faqat tunnel kirişlarini nişonga oliş orqali Eronning raketa salohiyatini butunlay yöq qilişning imkoni yöq.
Qolaversa, Eron bombardimonlar oqibatida şikastlangan harbiy obektlar atrofidagi yöllarni ham tiklagan. Suniy yöldoş tasvirlarida köplab kraterlar kömilgani, ayrim yöl uçastkalari esa töliq tamirlangani körinadi.
AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset avvalroq Eron qolgan raketa qurilmalari va raketalarni qazib olişi mumkinligini, biroq ularni almaştiriş imkoniyati yöqligini aytgan edi.