Rossiyada 5 yoşli qizçani zörlamoqçi bölgan pedofilni bolalar töxtatib qoldi
1-06-2026, 14:30
432 марта

Rossiyada 5 yoşli qizçani zörlamoqçi bölgan pedofilni bolalar töxtatib qoldi
Rossiyaning Tyumen şahrida 5 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik qilişga uringanlikda ayblanayotgan 44 yoşli erkak sudda aybini tan oldi va qilmişidan puşaymon ekanini bildirdi. Bu haqda viloyat sud tizimining birlaşgan matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, 28 may kuni erkak qizçaga nisbatan kuç işlatib, uni köp qavatli uy kiriş yölagiga olib kirgan va jinsiy xarakterdagi zöravonlik harakatlarini sodir etişga uringan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Sud gumonlanuvçini ikki oy muddatga qamoqda saqlaş çorasi bilan hibsga olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kuzatuv kameralari tasvirlarida erkak qizçani kötarib kiriş yölagiga olib kirayotgani, qizaloq esa yordam sörab qarşilik körsatayotgani aks etgan.
Erkakning jinoiy niyati amalga oşişiga ikki nafar ösmirning aralaşuvi tösqinlik qilgan. Ular voqeani körib, yaqin atrofdagi ayolning etiborini tortgan. Ayol darhol kiriş yölagiga kirib, qizçani erkak qölidan qutqarib qolgan.
Qizaloqni qutqarib qolgan ayolning aytişiça, u tasodifan qöşni hovliga kirib qolgan va bolalarning qiçqirayotganini eşitgan. Bolalar qölidagi qizni olib ketayotgan erkakni töxtatişga urinayotgan bölgan.