USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada yoş qizçani zörlamoqçi bölgan markaziy osiyolik 14 yilga qamaldi

63 марта

Rossiyada yoş qizçani zörlamoqçi bölgan markaziy osiyolik 14 yilga qamaldi 

Rossiya hududidagi Saxa Respublikasida (Yakutiya) qirğizistonlik fuqaro 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Respublika sudlarining birlaşgan matbuot xizmati malum qildi.

Qayd etilişiça, Mirniy tuman sudi 25 fevral kuni uşbu şaxsga nisbatan hukm çiqargan. Ayblov talqiniga köra, 2025 yilning oktyabr oyida u noqonuniy ravişda boşqa birovning xonadoniga kirib, u yerdan mobil telefon, pul solingan kurtka va avtomobil kalitlarini olib çiqqan. Xonadagi boşqa xonalarni közdan keçirayotib, xonalardan birida uxlab yotgan qizçani körgan va uni zörlaşga uringan. Qizça qarşilik körsatib, yordamga çaqirgaç, erkak voqea joyidan qoçib, avtomobilni olib ketgan.
Sud jarayonida u öğrilik va avtomobilni olib qoçiş aybini tan olgan, biroq noqonuniy ravişda uyga kiriş hamda voyaga yetmagan şaxsni zörlaşga uriniş ayblovlarini rad etgan.

Sud uni Rossiya Jinoyat kodeksining 139-moddasi 1-qismi (turar joyga noqonuniy kiriş), 30 va 131-moddalari (14 yoşga tölmagan şaxsni zörlaşga uriniş), 158-moddasi (öğrilik) va 166-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) böyiça aybdor deb topgan.

U 14 yil muddatga qattiq tartibli koloniyada jazoni ötaşga hukm qilingan. Şuningdek, undan 1 million 500 ming rubl miqdorida manaviy zarar uçun tovon undirilişi belgilangan. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: