USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ va Eron bir-biriga zarba yölladi

216 марта

AQŞ va Eron bir-biriga zarba yölladi

AQŞ va Eron örtasidagi harbiy qarama-qarşilik yana kuçaydi. Tomonlar bir-birining harbiy obektlariga zarbalar berganini malum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQŞ Markaziy qömondonligi bayonotiga köra, Amerika harbiylari Eron hududidagi radar tizimlari va dronlarni boşqariş obektlariga zarba bergan. Vaşington bu hujumlarni “özini himoya qiliş maqsadida amalga oşirilgan çoralar” deb atagan.
AQŞ tomonining malum qilişiça, Eron tomonidan xalqaro havo hududida uçayotgan Amerika droni urib tuşirilgan. Şundan söng AQŞ harbiylari Goruk hududi va Qeşm orolida joylaşgan bir qator harbiy obektlarga zarba bergan.


AQŞ Markaziy qömondonligining takidlaşiça, zarbalar davomida Eronning havo mudofaa tizimlari, dronlarni boşqariş markazi hamda mintaqa¬dagi kemalar harakatiga tahdid solayotgan dronlar yöq qilingan. Amerika tomoni operatsiyalar davomida harbiy xizmatçilar orasida talofot bölmaganini malum qilgan.

Tehron esa AQŞ hujumlariga javob qaytarganini bildirgan. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi AQŞ tomonidan Eronning janubiy hududlariga uyuştirilgan hujumlarda foydalanilgan harbiy bazalardan biriga zarba berilganini malum qilgan.
Eron harbiylari bayonotida AQŞning har qanday yangi hujumiga yanada qatiy javob qaytarilişi takidlangan. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi vakillari Vaşington tomonidan “tajovuzkor harakatlar” takrorlansa, Eronning javobi avvalgilardan mutlaqo farq qilişini bildirib ötdi.
Quvayt Mudofaa vazirligi bugun, 1 iyun kuni ertalab mamlakat havo hududi yaqinida kuzatilgan raketa va dron tahdidlariga qarşi havo mudofaa tizimlari işga tuşirilganini malum qilgan. Tahdid manbasi haqida esa hozirça rasmiy malumot berilmagan.

AQŞ ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Prezident Donald Tramp sulh böyiça kelişuv loyihasiga qöşimça özgartirişlar kiritişni talab qilgan. Xususan, takliflarda Hormuz böğozidagi kemalar harakatini tiklaş hamda Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari bilan boğliq masalalar mavjud.

Eronning boş muzokaraçisi esa mamlakat manfaatlari töliq taminlanmagunça Tehron heç qanday bitimni qabul qilmasligini malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: