AQŞ 90 dan ortiq Eron harbiy obektlariga zarba berdi
14-03-2026, 17:59
154 марта

AQŞ 90 dan ortiq Eron harbiy obektlariga zarba berdi
Keça, 13 mart kuni keçqurun AQŞ harbiy kuçlari Eronning Fors körfazidagi Xarg oroliga keng kölamli zarbalar berdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.AQŞ Markaziy qömondonligining (CENTCOM) bayonotiga köra, operatsiya davomida oroldagi 90 dan ortiq Eron harbiy nişonlari yöq qilingan. Zarba berişda harbiy obektlar nişonga olingan bölib, neft infratuzilmasiga zarar yetkazilmagan.
Bayonotda takidlanişiça, AQŞ kuçlari dengiz minalari saqlanadigan omborlar, raketa omborlari hamda boşqa harbiy inşootlarni nişonga olib, ularni yöq qilgan.
AQŞ harbiylari bu haqda X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida ham malum qilib, operatsiya mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solayotgan harbiy imkoniyatlarni çeklaş maqsadida amalga oşirilganini bildirgan.
Mazkur zarba AQŞ Prezidenti Donald Trampning ogohlantirişidan köp ötmay amalga oşirilgan. Tramp keça, 13 mart kuni Tehronni Hormuz böğozida kemalarga hujum qilişni töxtatişga çaqirgan va aks holda Xarg orolidagi Eron neft infratuzilmasiga zarba berilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Malumot uçun, Xarg oroli Eronning Fors körfazidagi eng muhim strategik nuqtalaridan biri bölib, u mamlakatning asosiy neft eksporti markazlaridan hisoblanadi. Şu sababli orolga berilgan harbiy zarba mintaqadagi keskinlikni yanada kuçaytirişi mumkin.