USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiya Rossiya tankerini uşlab qoldi

111 марта

Frantsiya Rossiya tankerini uşlab qoldi

Frantsiya Harbiy-dengiz kuçlari bugun, 1 iyun kuni Atlantika okeanida, Frantsiyaning Bretan sohillaridan taxminan 740 kilometr ğarbda Rossiya neft savdosi bilan boğliq sanktsiya ostidagi tankerini töxtatib, uni Frantsiya qirğoqlariga yönaltirdi. Operatsiya xalqaro suvlarda amalga oşirilgan bölib, kemaga maxsus kuçlar vertolyotlar orqali tuşirilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron uşbu operatsiya videosini ijtimoiy tarmoqlarda elon qilib, tanker Rossiyaning “soya floti” tarkibiga kirişi va sanktsiyalarni çetlab ötişda gumon qilinayotganini malum qilgan.

Frantsiya rasmiylariga köra, tanker Rossiyaning Murmansk portidan yölga çiqqan va soxta bayroq – Madagaskar bayroği ostida harakatlangan bölişi mumkin. Tekşiruv davomida kema hujjatlarida qonunbuzarlik alomatlari aniqlangani bildirilgan.
Mazkur tanker Ğarb sanktsiyalarini çetlab ötiş uçun işlatilayotgan Rossiyaning “soya floti” tizimiga aloqador bölişi mumkinligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Frantsiya va Buyuk Britaniya bunday kemalarga qarşi çoralarni kuçaytirib bormoqda.
Rossiya tomoni esa uşbu harakatni noqonuniy deb atab, uni “xalqaro qaroqçilik” deb baholadi va yuk taşiş xavfsizligini taminlaş uçun javob çoralarini körişini bildirdi.

Hozirda tanker Frantsiya harbiy-dengiz kuçlari kuzatuvi ostida mamlakat şimoli-ğarbiy qirğoqlari tomon olib ketilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: