USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qölga oldi

152 марта
AQŞ harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qölga oldi

Bu AQŞ prezidenti Donald Trampning Venesuelaga kelayotgan va undan çiqayotgan, Amerika sanktsiyalari ostida bölgan barça neft tankerlarini töliq blokirovka qiliş töğrisidagi buyruğidan bir neça kun ötib röy berdi.
Foto: X/Sec_Noem
Venesuela hukumati tankerning qölga olinişini öğirlik deb atadi va Amerika harakatlari jazosiz qolmasligi uçun barça zarur çoralarni körişga, jumladan, BMT Xavfsizlik kengaşiga murojaat qilişga vada berdi.

Bu ikki haftadan kamroq vaqt içida tanker qölga olinişi bilan boğliq ikkinçi holatdir. Bu safar töxtatilgan kema Amerika sanktsiyalari ostida bölmagan.

Sönggi haftalarda AQŞ Venesuela qirğoqlarida harbiylarini oşirmoqdaYu bu harakatlar narkotrafikka qarşi kuraşga qaratilgani aytiladi, biroq Karakasdagilar Vaşington Venesuela tabiiy resurslari, birinçi navbatda, neft ustidan nazoratni qölga kiritiş uçun rejimni özgartirişga intilmoqda, deb hisoblaşadi.

Sentyabr oyidan beri AQŞ Karib dengizida giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan 20 dan ortiq kemaga zarba berdi, kamida 87 kişi halok bölgan.

10 dekabr kuni AQŞ Eron bilan aloqalari uçun AQŞ sanktsiyalari ostida bölgan Skipper nomli yirik neft tankerini qölga olgandi.

20 dekabr kungi operatsiya ham AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati tomonidan amerikalik harbiylar kömagida ötkazildi. Maxsus taktik guruh öşa paytda xalqaro suvlarda bölgan kema sahniga kirib borgan.

«Qöşma Ştatlar sanktsiyalarga uçragan va mintaqada narkoterrorizmni moliyalaştiriş uçun işlatiladigan neftning noqonuniy köçirilişini taqib qilişda davom etadi», – dedi X tarmoğida AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yetti daqiqalik operatsiya videosini joylaştirib.

OAVga köra, şanba kuni qölga olingan Centuries kemasi AQŞ sanktsiyalari ostida bölmagan, Trampning blokada haqidagi buyruği esa sanktsiya ostidagi tankerlarga tegişli hisoblanadi.
CNN malumotlariga köra, Panama bayroği ostidagi bu kema Osiyo tomon suzayotgandi. Sönggi beş yil içida Xitoyga tegişli bölgan tanker Gretsiya va Liberiya bayroqlari ostida ham harakatlangan, deya qöşimça qiladi BBC Verify

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: