AQŞ Venesuela atrofida dengiz blokadasini boşladi
17-12-2025, 14:13
84 марта

U Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postida «Venesuela Janubiy Amerikaning tarixdagi eng katta armadasi tomonidan töliq qurşab olingani»ni qöşimça qilgan.
Venesuela hukumati bunga javoban Trampning blokada haqidagi qarori «mutlaqo mantiqsiz» ekani hamda savdo va dengizda suziş erkinligini buzişini malum qildi.
Tramp mamuriyati sentyabr oyidan buyon Karib dengizi janubida, Venesuela sohillari yaqinida özining eng yirik aviataşuvçisi «Jerald F. Ford» boşçiligidagi yirik dengiz guruhini (mintaqa tarixida misli körilmagan darajadagi guruh) töpladi, bundan maqsad – giyohvandlik moddalari kontrabandasiga qarşi kuraşiş ekani malum qilingan.
Uzun qilib yozilgan postida Tramp «öğirlangan neft konlari» haqida gapirib, Nikolas Maduro boşçiligidagi Venesuela hukumatini Amerika mulkini öğirlaş, terrorizm, giyohvandlik moddalari savdosi, odam kontrabandasi va qotilliklarda ayblagan.
«Venesuela Janubiy Amerika tarixidagi eng yirik Armada bilan töliq örab olingan. Ular Amerika Qöşma Ştatlariga ilgari bizdan öğirlagan barça neft, yer va boşqa mulklarni qaytarib bermas ekan, u faqat ösib boradi va ular misli körilmagan larzaga duçor böladi», – deydi Tramp.
Tramp öz postida AQŞ Nikolas Maduro va uning atrofidagilar «xorijiy terrorçilik taşkiloti» deb elon qilinganini ham eslatib ötgan.
Venesuela hukumati bu ayblovlarning barçasini rad etib, Tramp va uning mamuriyati aslida giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşmayotgani, balki mamlakatning Maduro boşçiligidagi söl hukumatini ağdarmoqçi ekanini takidlamoqda.
AQŞ va boşqa köplab demokratik mamlakatlar Maduroni qonuniy prezident deb tan olmaydi.
Ötgan haftada amerikalik harbiylar Venesuela sohillari yaqinida neft ortilgan Skipper tankerini egallab olgandi. AQŞ 2022 yildayoq unda kontrabanda neft mahsulotlari taşilişi, uning sotuvidan tuşgan mablağlar orqali «Hizbulloh» va Islom inqilobi muhofizlari korpusining xorijda harakat qiluvçi «Al-Quds» bölinmasi moliyalaştirilişini malum qilib, bu tankerga qarşi sanktsiyalar kiritgandi.

Venesuela nefti eksportining bloklanişi va allaqaçon kiritilgan barça sanktsiyalar şundoq ham oğir ahvolda bölgan Venesuela iqtisodiyotiga jiddiy zarba berişi mumkin.