Tramp Venesuela qirğoqlariga 16 ming kişilik harbiy kuç yubordi – OAV
1-11-2025, 21:05
175 марта

Tramp Venesuela qirğoqlariga 16 ming kişilik harbiy kuç yubordi – OAV
AQŞ Karib havzasida taxminan 16 ming harbiy xizmatçidan iborat bölgan harbiy guruhni joylaştirişni boşladi. Bu haqda “The Waşington Post” naşri xabar berdi.“Karib havzasida joylaştirilgan amerikalik harbiy xizmatçilar taxminiy soni 10 ming askar va 6 ming dengizçi. Bu malumotlar 31 oktyabr holatiga tegişli bölib, Pentagon tomonidan elon qilingan va tasdiqlangan kemalar soniga asoslanadi”, deyiladi xabarda.
Naşrga köra, hozirda Karib havzasida AQŞ dengiz flotining sakkizta kemasi va atom suvosti kemasi joylaşgan. Şuningdek, u yerga Gerald Ford aviataşuvçi guruhi yöl olgan bölib, uning keyingi haftada yetib borişi kutilmoqda.
Joriy yilning sentyabr va oktabr oylarida AQŞ Qurolli kuçlari Venesuela sohillari yaqinida narkotik taşişda gumon qilingan katerlarni yöq qiliş uçun bir neça bor harbiy kuç işlatgan. OAV xabariga köra, Vaşington endi Venesuela hududida joylaşgan nişonlarga zarba beriş imkoniyatini ham körib çiqmoqda.
“Newsweek” naşrining xabar berişiça, AQŞning USS Iwo Jima desant kemasi va uni kuzatib borayotgan boşqa kemalar Venesuelaning La-Orçila orolidan taxminan 200 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Bu masofa ehtimoliy harbiy operatsiyalarni ötkaziş uçun yetarli doiraga töğri keladi.