Pentagon Tramp buyruği bilan AQŞ şaharlariga 35 ming harbiyni joylaştirdi
19-09-2025, 14:10
200 марта

Pentagon Tramp buyruği bilan AQŞ şaharlariga 35 ming harbiyni joylaştirdi
Joriy yilning iyul oyidan beri Amerika şaharlari köçalarida 35 ming harbiy xizmatçi joylaştirilgan bölib, ular butun Qöşma Ştatlar böylab immigratsiyaga qarşi dasturlarda qatnaşmoqda. Bu haqda The Intercept portali Pentagon malumotlariga tayanib xabar bermoqda.AQŞ prezidenti Donald Trampning qarori bilan kamida beşta ştat - Arizona, Kaliforniya, Nyu-Meksiko, Texas va Floridaning bir qator şaharlariga quruqlik qöşinlari, harbiy-dengiz kuçlari, harbiy-havo kuçlari, dengiz piyodalari korpusi va Milliy gvardiya askarlari joylaştirilgan.
Şu bilan birga, safarbar qilingan harbiy xizmatçilarning haqiqiy soni ança yuqori bölişi mumkin. Jumladan, faqat Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari 2025 yil 20 yanvardan boşlab Amerika şaharlari hududiga taxminan 23 866 kişi joylaştirilgan.