AQŞ Rossiya yaqinida harbiy iştirokini kuçaytiryapti
6-08-2025, 18:53
373 марта

AQŞ Rossiya yaqinida harbiy iştirokini kuçaytiryapti
AQŞ yilning ikkinçi yarmida Finlyandiyada harbiy iştirokini kuçaytirişni, bu mamlakatda va Boltiqböyi mintaqasida maşğulotlarda faol iştirok etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Finlyandiya Mudofaa kuçlari xabar berdi.“Qöşma Ştatlarning Finlyandiyaning turli hududlarida va Boltiqböyi mintaqasida harbiy iştiroki hamda maşğulotlari mavjud rejalar doirasiga kiritilgan. Bu Finlyandiya hamda Qöşma Ştatlar örtasidagi mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bir qismidir. Maqsad – jangovar tayyorgarlikni oşiriş, operativ özaro muvofiqlikni mustahkamlaş va mintaqaviy xavfsizlikka hissa qöşiş”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, rasmiylar buni xavfsizlik muhitida hamkorlik zarurati bilan izohlagan.
“Qöşma Ştatlarning iştiroki ikki tomonlama hamkorlikning çuqurlaşib borayotganidan va AQŞning Finlyandiya hamda Boltiqböyi mintaqasiga sodiqligidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.Joriy yilning iyul oyi örtalaridayoq AQŞ dengiz piyodalari Finlyandiyaga yetib borgan va harbiy iştirok kuçaytirilgandi. Ular qirğoq brigadasida joylaştirilgan bölib, mamlakatda taxminan bir oy davomida xizmat qiladi. AQŞ askarlari, şuningdek, “Kariliya” brigadasiga ham yetib borgan. Ular Finlyandiya harbiy xizmatçilariga AQŞ texnikasi bilan işlaş va unga xizmat körsatiş böyiça maşğulotlar ötkazadi.
AQŞ harbiylarining iştirokidagi qöşimça tadbirlar yilning qolgan qismida butun Finlyandiya böylab rejalaştirilgan.