Özbekiston va Rossiya Qurolli kuçlarining "Hamkorlik-2025" qöşma maşğulotlari bölib ötadi
14-07-2025, 10:40
456 марта

Harbiy kontingentlar çegara hududlarida çegarani buzgan noqonuniy qurolli tuzilmalarning kiçik guruhlarini aniqlaş va yöq qilişda bölinmalarni boşqariş, çegara hududlarida inşootlar va pozitsiyalarni egallagan NQT guruhlarini yöq qilişda bölinmalarni boşqariş, umumqöşin bölinmalari tomonidan egallab olingan inşootlar va pozitsiyalarni egallaş, duşmanning kiçik guruhlariga qarşi kuraşiş, şuningdek, NQT jangarilari tomonidan egallangan aholi punktini şturm qiliş va tozalaşni taşkil etişni maşq qiladi.
Bölinmalar harbiy va maxsus texnikalar kolonnalari tarkibida Tojikiston va Özbekiston toğlari böylab 300 km dan ortiq masofani bosib ötdi va poligonga yetib keldi.
Rossiya harbiy kontingentining asosini Markaziy harbiy okrugning 201-harbiy bazasi bölinmalari taşkil etadi: toğ va şturm bölinmalari, radioelektron kuraş mobil guruhlari, razvedka uçuvçisiz uçiş apparatlari va FPV dronlari, şuningdek, Mi-24 zarba beruvçi vertolyotlaridagi aviatsiya guruhi ekipajlari.
Tojikistonda joylaşgan 201-harbiy baza Rossiyaning undan taşqaridagi eng yirik harbiy obektidir. Duşanbe va Boxtar şaharlarida joylaşgan. Uning tarkibiga motoöqçi, tank, artilleriya, razvedka bölinmalari, havo hujumidan mudofaa, mudofaa va aloqa bölinmalari kiradi.