Ozarbayjon Qozoğiston bilan qöşma harbiy maşğulot ötkazyapti
7-07-2025, 20:03
204 марта

Ozarbayjon Qozoğiston bilan qöşma harbiy maşğulot ötkazyapti
Joriy yilning 8-10 iyul kunlari Ozarbayjon va Qozoğiston “Tarlan-2025” qöşma parvoz-taktik maşğulotlarini ötkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, maşğulotlarda iştirok etiş uçun Qozoğiston harbiy xizmatçilari Ozarbayjonga yetib borgan. Mazkur maşğulotlar davomida ikki davlat harbiylari uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş böyiça tajriba almaşadi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, maşğulotlarda Ozarbayjon va Qozoğiston Harbiy havo kuçlari iştirok etadi. Qozoğiston harbiy xizmatçilari Ozarbayjonga borgan va ularni qarşi oliş marosimi Ozarbayjon Harbiy havo kuçlarining qismlaridan birida bölib ötgan
Maşğulotlar 8 iyuldan 10 iyulgaça davom etadi. Mudofaa vazirligi malumotiga köra, bu jarayonda harbiylar jangovar şaroitda uçuvçisiz qurilmalardan foydalaniş könikmalarini mustahkamlaş bilan birga, yillar davomida orttirilgan amaliy tajriba bilan ham özaro örtoqlaşadi.