USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

5 yillik tanaffusdan söng: Qozoğistonda Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan harbiy parad bölib ötdi

239 марта


Paradda Qozoğiston Qurolli Kuçlarining barça turlaridan 4000 dan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etdi.


2025 yil 7 may kuni Qozoğiston poytaxti Astanada Buyuk Vatan uruşida qozonilgan Ğalabaning 80 yilligi va Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan tantanali harbiy parad bölib ötdi. Bu sönggi beş yil içida mamlakatda ötkazilgan birinçi harbiy parad hisoblanadi
Paradda Qozoğiston Qurolli Kuçlarining barça turlaridan 4000 dan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etdi. Şuningdek, 200 dan ziyod harbiy texnika vositalari, jumladan 66 ta harbiy samolyot va vertolyotlar namoyiş etildi.

Tadbir çoğida Qozoğiston mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari tomonidan yaqin kelajakda işlab çiqarilişi rejalaştirilgan zamonaviy robotlaştirilgan qayiqlar, dronlar va jangovar maşinalar ham taqdim etildi.
Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Töqayev paradda çiqiş qilib, butun mamlakat fuqarolarini uşbu tarixiy sana bilan tabrikladi. U öz nutqida milliy birlik va mustahkam armiya Qozoğiston mustaqilligining asosiy kafolatlaridan biri ekanini takidladi.
Avvalroq esa Qozoğiston Mudofaa vazirligi 7 may (Vatan himoyaçilari kuni) va 9 may (Ğalab kuni) munosabati bilan harbiy parad ötkazilmasdigini xabar qilgan edi. 
Bu qaror iqtisodiy tejamkorlik va “boşqa muhimroq vazifalar mavjudligi” bilan izohlangan. Biroq oxirgi soatlarda parad ötkazilişiga ruxsat berilgan körinadi. 

Malumot uçun: Qozoğistonda 2020 va 2021 yillarda koronavirus pandemiyasi sababli harbiy paradlar bekor qilingan edi. Keyingi 2022 va 2023 yillarda esa byudjet mablağlarini tejaş maqsadida paradlar ötkazilmadi. 2024 yilda ham rasman parad ötkazilişi rejalaştirilmagani haqida Qozoğiston Mudofaa vazirligi malum qilgan edi. Ammo 2025 yilda – Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan bu qaror qayta körib çiqildi.
Qayta tiklangan harbiy parad nafaqat tarixiy xotira, balki Qozoğistonning mudofaa salohiyati va texnik imkoniyatlarini namoyon etişga qaratilgan muhim siyosiy va manaviy tadbir sifatida qayd etildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: