Qirğiziston Rossiyaning “S-300” zenit-raketa komplekslarini oldi
28-04-2025, 17:24
156 марта
Qirğiziston Rossiyaning “S-300” zenit-raketa komplekslarini oldi Qirğiziston Rossiyaning “S-300” zenit-raketa komplekslarini oldi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengaşi kotibi Marat Imankulovga tayanib “Izvestiya” xabar berdi.
Bizda birlaşgan havo hujumidan mudofaa tizimi işlaydi. Hozir bizga uşbu qöşma tizimning elementlari — “S-300” yetib keldi. U Qirğiziston hududida, dedi Imankulov va Qirğiziston tomoni jami qança kompleks olganiga aniqlik kiritmadi.
Zenit-raketa komplekslarini 8-may kuni Bişkekda bölib ötadigan Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan harbiy paradda namoyiş etilişi mumkin. Uni yetkazib beriş 2021-yilda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Rossiyaga taşrifi çoğida kelişilgan edi.