Trampdan çöçigan Venesuela Putindan yordam söradi – OAV
1-11-2025, 11:29
301 марта

Trampdan çöçigan Venesuela Putindan yordam söradi – OAV
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQŞning Karib mintaqasidagi harbiy faolligi ortidan Rossiya rahbari Vladimir Putinga murojaat qilib, mamlakatga raketalar, radarlar va modernizatsiya qilingan samolyotlar yetkazib berişni söragan. Bu haqda maxfiy hujjatlarga tayangan holda “The Waşington Post” xabar berdi.Manbalarga köra, Venesuela, şuningdek, Xitoy va Eronga ham murojaat qilgan. Maduoro Xitoy rahbari Si Tszinpinga yöllagan xatida ikki davlat örtasida “harbiy hamkorlikni kengaytiriş”ni sörab, bu “AQŞ va Venesuela örtasidagi keskinlikka javob çorasi” ekanini bildirgan.
Eron tomoni bilan aloqani Venesuela Transport vaziri Ramon Selestino Velaskes olib bormoqda. U ilgari harbiy texnika yetkazib berişni muvofiqlaştirgan va Eronni şaxsan borişni rejalaştirgan. Hujjatlarda aytilişiça, Karakas “razvedka uskunalari”, GPS signallarini tösuvçi qurilmalar va ehtimoliy 1 000 km masofaga uçuvçi dronlarga ehtiyoj sezmoqda.